Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga Aqtoʻbe viloyatida roʻy bergan avtomobil halokatida vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga bildirilgan chuqur hamdardlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarining maktubida yoʻl-transport hodisasi sabablarini aniqlash va marhumlarni yurtimizga olib kelishda Oʻzbekistonning maxsus hukumat komissiyasi va idoralariga Qozogʻiston Hukumati tomonidan koʻrsatilayotgan har tomonlama koʻmak uchun ham tashakkur izhor etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты