Huawei 2
Turkiyaga O'zbekistondan 60 nafar qutqaruvchi hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilyapti — FVV

Bugun 6-fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda (O'zbekiston vaqti bilan 06:17 da) 7,8 magnitudali zilzila sodir bo'lgani haqida xabar qilingandi. Kuchli zilzila oqibatida Turkiya va Suriyaning bir qancha shaharlarida ko'p qavatli uylar qulagan, ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgan, jiddiy jarohatlar olgan va shaharlar katta talafotlar ko‘rgan.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda. Bu haqda O'zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Avvalroq, Ozarbayjon Turkiya janubi-sharqidagi zilzila zonasiga 370 nafar qutqaruvchi yuborishi haqida xabar qilingandi.

Shuningdek, Turkiya janubidagi Gaziantep qal’asi va Suriyadagi Aleppo qal'asi ham zilzila oqibatida shikastlangan. Ushbu zilzila sababli Italiyada sunami xavfi e'lon qilindi

Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan soat 15:24 da Turkiyaning markaziy qismida 7,8 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. Undan tashqari markaziy hududida yana 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi.

Mazkur voqeadan so'ng, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘llagandi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga