Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.
Har bir tumandagi 40 dan ziyod tashkilotda o‘rtacha 500 nafar xodim ishlaydi. Ularning viloyatda idorasi ham, boshlig‘i ham bor.
Ayrim tuman tashkilotlari oddiy-oddiy masalalarni hal qilish uchun viloyatdan, ular esa respublikadan ruxsat olishi kerak.
Masalan, Qumqo‘rg‘on markazidagi temir yo‘lida har kuni 20 marta yopiladigan “shlagbaum” 200 metr nariga ko‘chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yo‘qoladi. Lekin, bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati bor. “O‘zbekiston temir yo‘llari”dan ruxsat olish kerak.
Yoki, “Termiz-Sariosiyo” temir yo‘lining yarmi elektrlashmagani uchun elektrovoz 1,5 soat sarflaydigan manzilga teplovozlar 3 soatda borayapti. Shu bois, ko‘pchilik avtomobilda harakatlanmoqda.
Tuman hokimlari va aholi takliflarini eshitib, bu yo‘nalishni oxirigacha elektrga o‘tkazsa, 10 ta tumanni Termiz bilan xavfsiz bog‘lash mumkin, lekin transport vaziri Ilhom Mahkamov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi Z. Narzullayev bunga loqaydligi ko‘rsatib o‘tildi.
Suv va kanalizatsiya xizmatidan tushgan mablag‘ning 10 foizi tumanlarda qolyapti. Lekin, zarur materiallar tayyor turmagani uchun 2-3 soatda hal bo‘ladigan avariyalar 4-5 kunga cho‘zilayapti. Qachon avariya bo‘lsa, keyin material sotib olinayapti.
“Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yengil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!” – dedi Prezidentimiz.
Masalan, Qumqo‘rg‘on tumani karantin bo‘limida 8 nafar inspektor faqat kamchilik bo‘yicha ko‘rsatma, eksportga sertifikat berish bilan shug‘ullanadi, fumigatsiya xizmatini ko‘rsatmaydi.
Ekologiya bo‘limi ham faqat daraxt kesishni nazorat qiladi, lekin “Yashil makon” doirasida qayerga qanday ko‘chat ekish, moliyaviy manbasi bo‘yicha taklif bermaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82904 | Инструменты