Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash borasida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101420 | Инструменты