Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol davom etayotgan samarali muloqot va almashinuvlar yuksak baholandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atini ta’minlash, shuningdek, ikki mamlakat hududlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan, ta’lim, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22209 | Инструменты