Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev: Xorazm – shonli tariximiz bilan yangi islohotlarimiz tutashgan chorraha

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

“Xorazm – shonli tariximiz bilan yangi islohotlarimiz tutashgan chorraha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Logistika zanjirlaridan uzoqda, tabiiy resurslari cheklangan bu diyorda o‘tgan yili “Kichik va o‘rta biznes yili” bo‘ldi, deyish uchun barcha asoslarimiz bor”, - dedi davlat rahbari.

2024-yili viloyatda 7 ming yangi tadbirkor ish boshladi, 47 ta korxona kichikdan o‘rtaga o‘tdi, 10 dan ortiq tadbirkorning aylanmasi 200 milliard so‘mdan oshdi. Bularning hisobiga viloyatda bir yil ichida 290 ming aholi ishli bo‘ldi.

Lekin, katta o‘zgarishlarga qaramasdan viloyatda kambag‘allik hali ham 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro ishsiz ekani, aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan atigi 1 ta korxona borligi qayd etildi.

Shu bois, viloyat rahbariyati, 13 ta tuman hokimi har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi ish o‘rinlari yaratishi, sanoat, servis, turizm, qishloq xo‘jaligi, eksport salohiyatini yana-da oshirish, ijtimoiy soha va infratuzilmadagi muammolarni hal qilish uchun qatʼiyat va masʼuliyat bilan harakat qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mamlakatimizda turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar bo‘lsa, shuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga to‘g‘ri kelishi taʼkidlandi. Lekin bu to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. O‘tgan yili faqat 1,3 million xorijiy turist kelgan va eksport 400 million dollarga ham yetmagan.

Vaholanki, masʼullarda Xorazmni mintaqadagi yetakchi turistik markazlardan biriga aylantirish uchun imkoniyatlar yetarli ekani qayd etildi.

Viloyatda jami 263 ta madaniy meros obyekti mavjud. Bundan samarali foydalanib, turizm xizmatlarini tashkil etayotgan tadbirkorlar ko‘p. Lekin, Xiva shahri, Xiva va Yangiariq tumanlari hokimlari salohiyati yuqori 14 ta obyektni tadbirkorlar bilan turistik maskanga aylantirish bo‘yicha ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, Xorazmdagi ko‘plab madaniy yodgorliklar hali o‘rganilmay turibdi. Hazoraspdagi “Sulaymon qalʼa”, Bog‘otdagi “Qalajik qalʼa” kabi tarixiy maskanlar, Yangiariqdagi “Xon bog‘i”, “Olma otishgan qalʼa” tarixiy obyektlari haqida maʼlumot kam.

Shu maqsadda tashkil etilgan O‘zbekiston tarixchilar jamiyatining Xorazm bo‘limi faoliyati davlat byudjetidan taʼminlanishi belgilandi.

Mutasaddilarga chet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy obidalarni aniqlash va tiklash bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Xorazm va Qoraqalpog‘iston hududidagi 8 ta qadimiy qalʼalarni o‘zaro bog‘lovchi to‘rt kunlik “Qalʼa tur” marshruti ishlab chiqiladi. Ushbu qalʼalar atrofida master-reja asosida xizmat ko‘rsatish obyektlari ishga tushiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50301 | Инструменты