Adliya vaziri kiritgan taqdimnomaga binoan, 18-noyabr kunidagi Advokatlar palatasining IV Konferensiyasida Palata raisi etib – Sodiqov Shuhrat Shavkatovich saylandi.
Shuhrat Sodiqov bunga qadar Advokatlar palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U 1962-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 1988-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan ma’lumoti oliy, huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini turli xil tashkilotlarda huquqshunos, advokatlik tuzilmalarida advokat, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.