Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Beshinchi yo‘nalish – biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yana-da qisqartirish.
Tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga asos bo‘ladigan qonun buzilish holatlari darajasi belgilanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.
Shu bois, 1 noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi.
Prezident reyestrda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirdi.
Tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni yana-da liberallashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Masalan, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, degan jinoyat turi bor. Bunda tadbirkor to‘lamagan soliq 100 million so‘mdan oshsa, jinoyatchi bo‘lib qolmoqda.
Shu bois, soliq to‘lamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi.
Prezident tadbirkorlarimiz ushbu berilayotgan yengillikni, bildirilayotgan ishonchni suiisteʼmol qilmasligiga umid bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты