Huawei 1
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi hamda havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-6-son, 13.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Mo'g'uliston Hukumatlari o'rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to'g'risidagi hamda havo qatnovi to'g'risidagi Bitimlar tasdiqlandi.

Bitimlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda ularning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11518 | Инструменты