Joriy yilning 15-yanvar sanasi soat 12:30 lar atrofida “Mashinasozlar” bekati platformasiga kirish qismida 38-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati aniqlangan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Shu bosidan, ushbu poyezd mashinist tomonidan harakat hamda yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida harakatdan to’xtatilgan.
Belgilangan yo‘riqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 3 daqiqa ichida bararaf etilgan va yo’nalishdagi vaqt intervaliga ta’sir qilmagan holda harakat tarkibi faoliyati qayta tiklangan.
Hozirgi vaqtda yo’nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11518 | Инструменты