Stokgolmda O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Joriy yil 4-avgust kuni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchixonasining birinchi diplomati Stokgolmga bordi.

Diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiya Qirolligidagi Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarmoqda.

U Farg‘onada tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan.

1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab, mamlakatimizning xorijdagi markaziy apparati va diplomatik idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvetsiyaga jo‘nab ketishdan oldin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ingliz, arab, rus va frantsuz tillarini biladi.

Eslatib o‘tamiz, Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz bundan oldin Oybek Shahavdinov TIVning  Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i v.b. etib tayinlangani, shuningdek, Burxon Aliqulov Rostov-Don (Rossiya) shahrida O‘zbekistonning  bosh konsuli vazifasiga tayinlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40515 | Инструменты