Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahriga tashrifi davomida kecha Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Kobulga tashrif chog‘ida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – Bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund Janobi Oliylari, Bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy Janobi Oliylari, Bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar Janobi Oliylari, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Janobi Oliylari, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy Janobi Oliylari, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy Janobi Oliylari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.
"Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy anʼanalarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlar mavjud", - deb taʼkidladi TIV rahbari B.Saidov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты