Huawei 1
Toshkent shahar hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Xaydarov 1989-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavriat, 2012-yilda magistratura yo‘nalishlarida tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan.

Shu kunga qadar Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Sanjar Tadjiyev Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Tadjiyev 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003- yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini bakalavriat, 2006-yilda magistratura yo‘nalishlarida tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda boshlab, qator mas’uliyatli lavozimlarda, shu jumladan, Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shu kunga qadar “The Mob” MCHJ da bosh direktor lavozimida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100114 | Инструменты