Huawei 1
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev 2 ta hokimga hayfsan berdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq va Bo‘stonliq hokimlariga hayfsan berdi. Viloyat hokimi bu haqidagi farmoyishni kecha, 6-fevral kuni imzolagan.

Unga ko‘ra, Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov va Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedovga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Ularning jazolanishiga Chirchiq shahri va Bo‘stonliq tumanida aholi murojaatlari keskin ko‘paygani sabab bo‘lgan. Ikki hokim murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunda belgilangan muddatlarga amal qilmagan.

Shuningdek, ular shaxsiy va sayyor qabullarni samarali tashkil etmagan, tahlil va nazorat ishlariga e’tibor qaratmagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning o'zi ham qat’iy ogohlantirilgan. Shuningdek, bu Chirchiq tuman hokimiga berilayotgan birinchi hayfsan emas. 16-yanvar kuni unga prezident ham hayfsan intizomiy jazosini bergan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111420 | Инструменты