Shuningdek, "Hududiy elektr tarmoqlari" rahbari Mustafoyev, "O‘ztransgaz" rahbari Normatov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi
Ayni vaqtda, prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda. Prezident respublikaning qolgan hududlarida ham ahvol yomonligini tanqid qildi.
Ayniqsa, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Uchqo‘rg‘on, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xo‘jayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Farg‘ona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari mas’uliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga "hayfsan" berildi.
Bugungi kunda barcha darajadagi rahbarlarning eng katta vazifasi – elektr va gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlab berish. Lekin tegishli sohalar mutasaddilari buni uddalay olmayapti.
Shu munosabat bilan energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" rahbari Mustafoyev, "Uztransgaz" rahbari Normatov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
Agar tarmoq korxonalarining ayrim moliyaviy masalalari vaqtida yechib berilganda, daromadlarining bir qismi investisiya qilinib, tarmoqlarni yangilashga yo‘naltirganda vaziyat bunchalik og‘ir bo‘lmas edi, deb ta’kidlandi yig‘ilishda.
Bu masalada ham mas’ullar e’tiborsizlik qilgani tanqid qilindi.
Endi butunlay boshqacha tizim bo‘lishi – strategik korxonalar Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazilishi belgilandi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin mavsumga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilgani, hamda Bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Erkin Yuldashev Toshkent shahar prokurori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111502 | Инструменты