Huawei 1
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi “Umumturkiy lug‘at” yaratishni taklif qildi

Shu kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarining 950 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur tadbirda YUNESKO, Turkiy Akademiya, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa qator xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlumki, “Devoni lug‘otit turk” asari turkiy xalqlarning tili, tarixi, geografiyasi va madaniyatiga oid ilk yozma ensiklopediya hisoblanadi. 

Konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Mahmud Qoshg‘ariyning ushbu kitobining ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, asarning ilmiy doiralar va jamoatchilik tomonidan chuqur o‘rganish lozimligini taʼkidladi.

Shu bilan birga Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi K.Omuraliyev “Devoni lug‘otit turk” asarining zamonaviy turkiy tillarning rivojlanishidagi o‘rnini qayd etib, uning asosida “Umumturkiy lug‘at”ni yaratishni taklif qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92900 | Инструменты