Huawei 1
Turkiya bilan ruxsatnoma blankalarining barcha turlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari bilan Turkiya Respublikasi Transport va infratuzilma vazirligi delegatsiyasi o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonda Turkiya tajribasi asosida avtovokzallar va yo‘lovchi xablarini tashkil etish va modernizatsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, yo‘lovchi tashish sohasida Turkiyaning “aqlli transport tizimi”ni joriy etish va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishga kelishib olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari jarayonida milliy tashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sohadagi raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Hozirgi kunda “ikki tomonlama” va “tranzit” tashuvlar uchun ruxsatnoma blankalari elektron shaklda (E-permit) rasmiylashtirilmoqda. Tez kunda tomonlar “uchinchi mamlakatga/dan” ruxsatnoma blankalarini ham E-permit tizimiga o‘tkazish jarayonini yakunlab, test sinov tariqasida tizimni ishga tushirilishini ta’kidlab o‘tdi.

2026-yil boshidan boshlab esa ruxsatnoma blankalarining barcha turlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82611 | Инструменты