Huawei 1
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekiston prezidentiga tabrik yo‘lladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban O‘zbekiston prezidentiga tabrik yo‘lladi.

"Muhtaram Prezident janoblari!

Tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

Shushadagi so‘nggi uchrashuvimizni iliqlik bilan eslayman, uning yakunlarini sarhisob qilar ekanman, O‘zbekiston nafaqat ishonchli hamkor, balki mamlakatimizning samimiy do‘sti ekanini qatʼiy taʼkidlayman. Siz bilan ochiq hamkorlik tufayli keyingi yillarda Vengriya-O‘zbekiston munosabatlari yana-da kengayib, misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilgani meni quvontiradi.

Janob Prezident, munosabatlarimizni mustahkamlashga sodiqligingiz uchun g‘oyat minnatdorman. Sizni ishontirib aytamanki, kelgusida ham Siz bilan hamkorlikda ikki tomonlama munosabatlarda yangi-yangi yutuqlarga erishish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etaman.

Sizga mustahkam sog‘liq va faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman!", deyiladi maktubda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты