YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade mamlakatdagi missiyasini yakunladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Muloqot chog‘ida Munir Mamedzade va uning jamoasiga samarali faoliyat hamda O‘zbekistonda xalq uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ayniqsa, bolalar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Munir Mamedzade 2020-yil sentabr oyida O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari lavozimiga tayinlangani haqidagi YUNISEF ijrochi direktori Xenriyetti For xatini TIVga taqdim etgan edi. U Ozarboyjon fuqarosi. Munir Mamedzade YUNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida ishlab kelgan Sasha Graumann o‘rniga tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты