Huawei 1
“Zug‘ulba” qarorgohida Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi

“Zug‘ulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi.Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ikki tomonlama uchrashuvi boshlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga