Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish kiritildi.
Unga ko‘ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023 yil 1 sentyabrgacha 100 milliard so‘mni;
2023 yil 1 sentyabrdan 200 milliard so‘mni;
2024 yil 1 apreldan 350 milliard so‘mni;
2025 yil 1 yanvardan 500 milliard so‘mni tashkil etadi.
Ilgari bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 milliard so‘mni tashkil etishi lozim edi.
Shuningdek, tashkil etilayotgan yoki qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali yuqorida nazarda tutilgan kundagi miqdorlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122511 | Инструменты