Huawei 1
1-iyuldan mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha Yagona reyestr yuritiladi

2024-yil 1-iyuldan mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha Yagona reyestr yuritiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilab qo‘yildi.

Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran, mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning turlari, muddatlari, tartibi va mas’ul organlarni o‘z ichiga olgan Yagona reyestr yuritiladi.

Qaror bilan, shuningdek:

— mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish sxemasi;

— mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning dolzarbligini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi;

— mahalliy va xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yagona reyestrni yuritish bo‘yicha operator bo‘lib, Yagona reyestrning yuritilishini uslubiy taʼminlash, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Ikki oy muddatda mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan barcha sohalardagi preferensiyalar va imtiyozlar ro‘yxati to‘liq shakllantiriladi. 2024-yil 1-iyuldan boshlab, Yagona reyestr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy veb-saytida alohida bo‘lim sifatida preferensiyalar va imtiyozlarni sohalar va yo‘nalishlar bo‘yicha izlash va ko‘rish imkoniyatini beruvchi elektron shaklda yuritilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты