1-iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar, IT-kompaniyalar uchun grantlar, maktablarda fotoradar o‘rnatish – shu va boshqa qonunchilikdagi o‘zgartirishlar 1 iyuldan kuchga kiradi.

Qonunchilikka ko‘ra, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi: 

— Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;

— huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo‘ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashiladi.

Ayrim davlat izmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha maʼmuriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi. 

2026 yil 1 iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha maʼmuriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:

— elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va maʼlumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;

— intellektual mulk obyekti ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi. 

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi

Qonunchilikka muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida:

— Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

— avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan ko‘chirma berish bepul amalga oshiriladi;

— noturar joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi. 

Ayrim kasalikka chalinganlar bepul davolanadi

Qonunchilikka ko‘ra, onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

“Shaffof qurilish” tizimida yordamchi pudat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi

Qonunchilikka ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi. 

Qonunchilikka ko‘ra, onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi. 

IT sohasiga ajratiladigan grantlar 1 milliard so‘mgacha oshadi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologiyalari parki tomonidan har yili o‘tkaziladigan tanlov asosida IT sohasida taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, grant ajratish tizimi; quyidagi yo‘nalishlarda joriy etilmoqda:

• istiqbolli loyiha uchun – 150 million so‘m;

• mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyiha uchun – 300 million so‘m;

• jahon bozoriga ixtisoslashgan loyiha uchun – 1 mlrd.

Maktab joylashgan hududlarda fotoradar o‘rnatiladi

Yo‘llar bo‘ylab joylashgan maktablar yaqinida, to‘rt va undan ortiq polosali bo‘lgan yo‘llarning piyodalar o‘tish joylarida hamda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan joylar yaqinida huquqbuzarliklarni maxsus foto va video qayd etish vositalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70217 | Инструменты