Huawei 1
1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr “metan” gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda

Joriy yilning 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining “metan” gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15-sentabrdagi 475-sonli qarorining 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.    

Yaʼni, 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha 3250 so‘m, 2024-yil 1-iyungacha esa 3350 so‘m edi). Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.     

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90421 | Инструменты