1-yanvar holati: O'zbekistonda nechta avtotransport vositalari jismoniy shaxslarga tegishli ekanligi ma'lum bo'ldi
2020 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, mazkur avtotransport vositalaridan:
Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta
Yuk avtomobillari – 150 294 ta
Avtobuslar – 5 072 ta
Mikroavtobuslar – 10 590 ta
Maxsus transportlar – 3 756 ta
Ma'lumot o'rnida, 2020 yil 1 yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko'p Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg'ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты