Huawei 1
10 dekabr – Umumjahon inson huquqlari kuni

Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganiga 75 yil to‘ldi. 

BMT Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilinib, tashkilotga a’zo barcha mamlakatlarga tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan mazkur Deklaratsiya Yer sayyorasida yashayotgan insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarni ochiqlaydi

Bu hujjat dunyoning shu kungacha besh yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan bo‘lib, eng ko‘p tarjima qilingan hujjatdir. 30 moddadan iborat Deklaratsiya inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Inson huquqlariga oid qonunchilik 3 bosqichda yaratilgan. Birinchi bosqich Inson va fuqaro huquqlari fransuz deklaratsiyasidan boshlanib, to birinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda shaxs erkinligi, daxlsizligi va fuqarolar tengligi, xususiy mulk, saylov huquqlariga oid masalalar o‘rin egallagan.  

Inson huquqlarining ikkinchi bosqichi XX asrning 1-yarmini o‘z ichiga olib, bunda insonning mehnat qilishi, dam olishi, ijtimoiy yordam olishi kabi huquqlari qonunchilikning asosiy qismini egallagan.  
XX asrning 2-yarmidan boshlab hozirgagacha bo‘lgan davr – inson huquqlari qonunchiligining uchinchi bosqichi hisoblanadi va bu yillar davomida insonlarni tinch yashash, sof va toza atrof muhitga ega bo‘lishi, axborot olish huquqlariga katta e’tibor qaratilgan

Hozirgi davrda inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan esa 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda inson huquqlari bo‘yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjat mavjud. Shulardan eng muhimi, BMT Bosh assambleyasining rezolyusiyasi bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi. Butun dunyoda inson huquqlariga taalluqli bo‘lgan qonun hujjatlari mana shu BMTning hujjati asosida ishlab chiqilib, qabul qilingan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты