Respublika ta'lim markazi darsliklarda musiqa asboblari nomlari "noto'g'ri" yozilganiga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda musiqa anjomlarining nomlari rasmlariga muvofiq emasligi tasvirga olib tarqatildi. (video)
Ushbu holatga Respublika taʼlim markazi izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu darslik markaz tomonidan 2022-2023-oʻquv yili uchun tayyorlangan va davlat tili ikkinchi til sifatida oʻqitiladigan sinflarga moʻljallangan 10-sinf Oʻzbek tili darsligidir.
Darslikning 99-betdagi "Oʻylang va toping" degan topshiriq ostida keltirilgan 5-mashq shartiga koʻra, musiqa asboblarining nomlari atayin chalkashtirib berilgan va oʻquvchidan tasvirga qarab musiqiy asboblarining nomini toʻgʻri topishni talab etadi.
Yaʼni mashq aralash berilgan nomlarni tasvir asosida toʻgʻri nomlashni nazarda tutadi. Mashq haqida oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmada ham alohida tushuntirish berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11703 | Инструменты