Huawei Digital Week 2026: Telekom va sanoatlarda sun’iy intellektni joriy etish orqali intellektuallikni rivojlantirish

2026-yil 20–24-aprel kunlari Huawei kompaniyasi ofisida har yili o‘tkaziladigan Digital Week 2026 tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir telekommunikatsiya sohasi, davlat sektorini raqamlashtirish, sanoat va ijtimoiy yo‘nalishlar uchun eng so‘nggi innovatsion yechimlarga bag‘ishlangan. Hafta davomida “Advancing All Intelligence” umumiy mavzusi ostida aloqa operatorlari, internet provayderlari, davlat muassasalarining raqamli transformatsiya bo‘limlari rahbar va mutaxassislari hamda OAV vakillari uchun tanishtiruv turlari tashkil etilmoqda.

Intellektual texnologiyalar davri jadal yaqinlashib borayotganini inobatga olsak — unda AI agentlar o‘zaro bog‘langan va avtonom bo‘lib, mobil ilovalardan tortib aqlli uylar, intellektual transport va iqtisodiyot tarmoqlarigacha bo‘lgan barcha sohalarni tubdan o‘zgartiradi — yuqori tezlikdagi keng qamrovli aloqa va katta hisoblash resurslari talablariga javob beradigan ishonchli AKT infratuzilmasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday vazifani hal qilish AKT sanoati uchun jiddiy chaqiriqlarni yuzaga keltiradi, shu bilan birga keng imkoniyatlarni ham ochadi. O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sur’atlari tezlashayotganiga javoban, Huawei Digital Week 2026 doirasida AKT sohasidagi asosiy tendensiyalarni, innovatsion mahsulotlar va AI-markazlashgan arxitekturaga ega tarmoqlar uchun ilg‘or yechimlarni, shuningdek intellektual tarmoqlarni qurishga asoslangan eng yaxshi amaliyotlar va yetakchi sanoat misollarini taqdim etdi.

Tadbir har yili AKT sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar bilan kengroq tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi kompaniya vakillari tomonidan ilk bor 2026-yil mart oyida Butunjahon Mobil Kongressi (MWS 2026) doirasida Ispaniyaning Barselona shahrida taqdim etilgan. An’anaga ko‘ra, tadbir ishtirokchilari qatoridan aloqa operatorlari va internet provayderlarining rahbarlari, IT va muhandislik bo‘limlari mutaxassislari, tijorat yo‘nalishi vakillari, korporativ va davlat sektorida raqamli transformatsiya uchun mas’ul rahbarlar, shuningdek O‘zbekiston media sohasining vakillari va IT mutaxassislari joy oldi. Mazkur kunlarda 400 dan ortiq ishtirokchi Huawei kompaniyasining shourumiga tashrif buyurib, biznes o‘sishi imkoniyatlari hamda intellektual texnologiyalarni joriy etish orqali mijozlar va korporativ tajribani yaxshilash masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan qo‘shimcha texnologik sessiyalarda ishtirok etdi.

Telekommunikatsiya sohasi uchun kompaniya spikerlari SI-markazlashgan arxitekturaga ega tarmoqlarni joriy etish, hisoblash quvvatlarini rivojlantirish, past kechikishga ega optik magistrallarni qurish va optimal foydalanuvchi tajribasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar AI-Centric Network intellektual yechimlari sun’iy intellektni barcha darajalarga joriy etadi: xizmatlar darajasida operatorlarga ovozli aloqa, internet va uy keng polosali tarmoqlar uchun ixtisoslashgan SI-agentlarga ega platformalarni yaratishda yordam beradi; tarmoq darajasida esa alohida ssenariylarni avtomatlashtirish uchun avtonom tarmoqlar texnologiyalaridan foydalaniladi; tarmoq elementlari darajasida esa magistral tarmoqlar, radio kirish tarmoqlari va tayanch uzellar uchun algoritmlarni optimallashtirish, shuningdek ularni texnik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga xizmat qiladi. Bunday yondashuv operatorlarga samaradorlikni sezilarli darajada oshirish, tarmoq sifati va daromadni ko‘paytirishning yangi usullarini topish hamda infratuzilmani SI-agentlar ommaviy qo‘llaniladigan davrga bosqichma-bosqich tayyorlash imkonini beradi.

Davlat sektori va korporativ segment vakillari uchun esa asosiy e’tibor turli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish orqali ularning intellektual transformatsiyasini tezlashtirishga qaratildi. Ishtirokchilarga turli tarmoqlarning intellektuallashuv bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradigan global tajribalar namoyish etildi. Jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va bank sohalari uchun yechimlar taqdim etildi.

Mahalliy telekanallarning jurnalistlari va IT bo‘limlari vakillari media sohani raqamli transformatsiya qilish uchun mo‘ljallangan texnologik yechimlar — ma’lumotlarni saqlash tizimlari, tarmoq yechimlari va xavfsizlik tizimlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, OAV vakillari uchun alohida sessiya tashkil etilib, unda Huawei kompaniyasining 2025-yildagi global va O‘zbekistondagi faoliyati natijalari taqdim etildi. Taqdimot davomida kompaniya ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga (R&D) doimiy investitsiya kiritish strategiyasiga sodiq qolayotgani ta’kidlandi. Xususan, 2025-yilda R&Dga ajratilgan investitsiyalar kompaniya yillik daromadining 21,8 foizini tashkil etdi.

Huawei kompaniyasining mahalliy hamkorlik ekotizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yosh iste’dodlar va soha mutaxassislari, hamkorlar hamda davlat muassasalarida raqamli transformatsiya yo‘nalishi rahbarlari uchun ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish masalalari yoritildi. Bundan tashqari, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida “Raqamli O‘zbekiston” rivojlanish yutuqlarini ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, TechCarnival 2025 kabi yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish muhim yo‘nalish sifatida ta’kidlandi. O‘zbekistonda xalqaro texnologik kompaniyalar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlarni inobatga olgan holda, 2026-yildan boshlab O‘zbekiston Huawei tomonidan Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy markaz sifatida tanlandi. Ushbu ofis Markaziy Osiyo va Kavkazdagi to‘qqiz mamlakatdagi ofislar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash masalasiga to‘xtalar ekan, Huawei kompaniyasi Huawei ICT Academy bazasida o‘z ta’lim dasturlarini davom ettirishini ta’kidladi. Bugungi kunda Huawei AKT Akademiyalari 20 ta mahalliy universitetda faoliyat yuritib, talabalarga bilim darajasini oshirish, xalqaro Huawei sertifikatsiyasidan o‘tish hamda har yili o‘tkaziladigan Huawei ICT Competition musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, kompaniya 2026-yil iyun oyida O‘zbekistondan ikki jamoa Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tadigan ICT Competition 2025–2026 global finalida ishtirok etishini e’lon qildi.

Huawei kompaniyasi o‘zining ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish bilan bir qatorda, sun’iy intellekt bo‘yicha besh million yetakchini tayyorlashga qaratilgan milliy dasturini ham faol qo‘llab-quvvatlamoqda. aileaders.uz platformasida kompaniyaning 24 ta kursi ochiq foydalanish uchun joylashtirilgan bo‘lib, ular sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar (Big Data) va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi. 2026-yil aprel oyidan boshlab sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganishga oid ikki ta kurs o‘zbek tilida ham taqdim etilmoqda.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 26 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda va mamlakat AKT infratuzilmasini mustahkamlashda faol ishtirok etmoqda. Kompaniya intellektual texnologiyalar va raqamli platformalarni joriy etish orqali barcha soha va tashkilotlarning raqamlashtirish hamda intellektuallashtirish yo‘lida rivojlanishiga ko‘maklashmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42414 | Инструменты