Huawei 1
13-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston Maldiv orollaridagi elchisi tayinladi

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Maldiv Respublikasidagi birinchi elchisi (qarorgohi Dehli shahrida joylashgan) etib tayinlandi.

Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi – Ilhom Mahkamov

Endilikda viloyatdan kelgan taksichilar Toshkent shahrida taksichilik qila oladi. Biroq buning uchun ular litsenziya olishi, faoliyat manzili sifatida esa Toshkentni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Eron-Isroil mojarosi keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha harakatlarga ko‘maklashishga tayyor — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Eronga hujumlari yuzasidan xavotir bildirdi. Vazirlik barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirmoqda.

O‘zbekiston sug‘orish tizimlarini yangilash uchun 250 mln dollar qarz oladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bo‘ylab 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 million dollargacha bo‘lgan suveren kredit ajratadi.

Toshkentdagi davlat maktabida pulli sinf ochildimi?

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy ma'lumot berdi.

Tuxumbarak ham patentlandi

Adliya vazirligi tomonidan Xorazm viloyatiga xos bo‘lgan tuxumbarak milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Namanganda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni bo‘ralatib so‘kdi

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61415 | Инструменты