Huawei 1
14-fevral buyuk shoir, tarixchi, iste'dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun buyuk shoir, tarixchi, mutafakkir, iste'dodli sarkarda, davlat arbobi, boburiylar sulolasi asoschisi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavalludiga 540 yil to'ldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug'ilgan.

Zahriddin Muhammad Bobur Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494-yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526-yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan.

Bobur sheʼriyatida, insonning axloqi va diniy mukammalligi masalalari ko‘tarilgan. Shoir insonni yuqorilarga ko‘tarib, unga ulkan hurmat ila munosabatda bo‘ladi, inson qadr-qimmatini baland qo‘yadi.

U O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

U o'z asarlari bilan o'zbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli so'zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qo'shgan.

O'zbek tili tarixini o'rganishda “Boburnoma” bebaho xazinadir. “Boburnoma” XV - XVI - asrning muhim voqealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.

“Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asarlardan bo'lib, unda ilm-fan, urf-odat, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan.

“Boburnoma” jahon adabiyotining nodir, durdona asarlaridan  hisoblanadi.

Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo'lib qo'shildi.

Mutafakkir Hindistonning Agra shahrida 1530-yil 26-dekabr kuni vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты