[img 1] Donor so'zi lotin tilidan tarjima qilinganda "Tuxfa qilish" ma'nosini bildiradi. Haqiqatdan, bu holatda sovg'a sifatida inson hayoti ko'zda tutilmoqda. Ular - oddiy inson, ishchi yoki tadbirkor, talaba yoki uy bekasi. Qaysiki, aksari hollarda o'ziga notanish inson hayotini saqlab qolish uchun ham yashashi lozimligini doimo yodda tutadigan insondir. Shuning uchun ham, qon donorlari hayot baxshida etadigan olijanob insonlardir.

Ushbu kun munosabati bilan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markazi qoshidagi Respublika qon markazida tantanali marosim bo'lib o'tdi. Doimiy ixtiyoriy donorlar hamda donorlik harakatini rivojlantirishda faol ishtirok etuvchi shaxslarga rag'batlantiruvchi esdalik sovg'alari taqdim qilindi. Shu kabi tantanalar O'zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida ham o'tkazildi hamda yil emblemasi sifatida sog'lom va bahtiyor odamchalardan tashkil topgan qon tomchisi tanlandi. 

[img 2] Xususan, 2005 yil may oyida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyoning sog'liqni saqlash vazirlari yakdillik bilan beg'araz qon donorligini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi taklifini qabul etib hamda rezolyutsiyada har yili 14 iyun - Butunjahon donorlar kunini nishonlashga qaror qildilar.

Shu bilan birga, 2014 yil Butunjahon donorlar kuniga "Xavfsiz qon - onalarni saqlab qolish uchun" shiori belgilangan. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, har kuni 800 yaqin ayollar og'ir qon ketish bilan kechadigan homiladorlik va tug'ruq natijasida nogiron bo'lib qoladilar, hattoki hayotdan ko'z yumadilar. Biroq xavfsiz qon zaxiralari bilan ta'minlash va bu qonlarni ratsional ishlatish ko'pgina mamlakatlarning asosiy muammosi bo'lib qolmoqda.

[img 3]Ta'kidlash joizki, Shri-Lanka davlati – Butunjahon qon donorlari kuni tadbirini o'tkazadigan asosiy tashkilotchidir. Bu davlat o'zining milliy qon xizmati doirasida ixtiyoriy beg'araz donorlikni xavfsiz va yetarli miqdordagi qon va uning mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida rivojlantirmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты