Huawei 1
17-noyabr kuni O'zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 17-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, kechqurun baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi  5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq,  kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq  bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21513 | Инструменты