Huawei 1
Samarqandda axloqqa zid harakatlar qilib, ijtimoiy tarmoq “yulduzi”ga aylanganlar uzr so‘rab chiqdi

Samarqand viloyatida bir guruh yigitlar ko‘chada duch kelgan fuqarolarni urib, bezoriliklar qilayotgani aks etgan videolar tarqalgandi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatda yurish-turish qoidalarni qasddan mensimasdan, axloqqa zid qilmishlar sodir etgan bir guruh shaxslarning videolari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Surishtiruvlar natijasida ularning shaxsiga aniqlik kiritilib, holat 2025-yil 22-mart kuni tungi soat 01:00 atrofida sodir bo‘lgan. O‘zlariga oldindan notanish bo‘lgan shaxslar bilan tortishib, turli axloqqa zid harakatlar sodir etgan o‘n fuqaroning 7 nafari voyaga yetmagan shaxslar ekani aniqlandi. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hujjatlar sud organlariga yuborildi. Sudda ularning harakatlariga qonuniy baho berildi. 

Uch kishi 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi, 7 nafar bolaning ota-onalariga esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular jarimaga tortildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42600 | Инструменты