Huawei 1
18-may kuni O'zbekistonda barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi

O‘zbekistonda 18-may kuni barcha muzeylarda Xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan 18-may kuni barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” bo'lib o'tadi. Bu kunda barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.

Bugungi kunda jami Respublika bo‘yicha Respublikada jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 49 tasi asosiy muzeylar, 75 tasi filiallar hisoblanadi. Muzeylarning 7 tasi muzey-qo‘riqxonalar hisoblanadi. So‘nggi 4 yil davomida respublika bo‘yicha 11 ta yangi muzey tashkil etilgan. Ushbu muzeylarga 2021-yilda 3 158 928 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Muzeylar tomonidan mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga jami 8 milliarddan ziyod miqdorda pullik xizmatlar ko‘rsatilgan.

Shuningdek, o‘tkazilgan tekshirishlarda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani aniqlangan. Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgan. “Ichanqal’a” davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

Davlat muzeylarida tashrifchilar sonidan kelib chiqib muzey chipta narxlar minimal darajada o‘quvchi va talabalarga 2 000–5 000 so‘m, mahalliy fuqarolarga 2 000–25 000 so‘m, xorijiy fuqarolarga 10 000–35 000 so‘m etib belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21920 | Инструменты