Huawei 1
O‘zbekistonda sohalar bo‘yicha yiliga o‘rtacha suvga bo‘lgan talab 51 mlrd metr kubni tashkil etadi

O‘zbekistonda sohalar bo‘yicha yiliga o‘rtacha suvga bo‘lgan talab 51 mlrd metr kubni tashkil etadi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev "Hukumat soati"da maʼlum qildi.

Vazirning taʼkidlashicha, bu suvlarning 15-20 foizi respublika hududida shakllansa, qolgan katta qismi qo‘shni davlatlardan oqib keladi.

Tarmoqlar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, suvning asosiy qismi yaʼni, 91 foizi (46,5 mlrd metr kub) qishloq xo‘jaligi sohasiga, qolgan 9 foizi (4,5 mlrd metr kub) kommunal xo‘jalik, sanoat va energetika sohalariga to‘g‘ri keladi.

"Xususan, qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi obektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol ikki va ko‘p tomonlama manfaatli hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etilib, muhim kelishuvlarga erishilmoqda", – deydi vazir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22110 | Инструменты