Yetkazilgan zarar miqdori – 40 mlrd so'm
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma'lum qilishicha, 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan jami 12 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning 40 foizi uy-joy kommunal, qurilish va transport xizmatlariga to‘g‘ri kelsa, 38 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 16 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
Ma'lum bo'lishicha, 2 million 240 mingga yaqin iste’molchilarning huquq va manfaatlari buzilganligi aniqlangan. Bundan, iste'molchilarga yetkazilgan zarar miqdori 40 mlrdni tashkil etadi.
Bugungi kungacha Agentlik tomonidan iste’molchilar foydasiga 24,5 mlrd dan ortiq mablag‘ qayta to'lab berilgan. Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, o'tgan vaqt mobaynida yaroqlilik muddati o‘tgan, ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan, muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalarga ega bo‘lmagan sifatsiz va iste’molga yaroqsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olganliklari haqida iste’molchilardan 1,5 mingga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Iste’molchilik huquqlaringiz va manfaatlaringiz buzilgan holatda 1159 qisqa raqami hamda сonsumer.uz veb-sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin. Unutmang, iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42604 | Инструменты