2 oyda 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 % ga oshgan.

O‘zbekistonga 2 oyda davolanish maqsadida eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:

- Tojikiston – 8,7 ming nafar;

- Qozog‘iston – 2 ming nafar;

- Qirg‘iz R. – 1,9 ming nafar;

- Rossiya – 220 nafar;

- Turkmaniston — 144 nafar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты