Huawei 1
2020-2021-yillarda maktabgacha ta'lim muassasalari qay tarzda ishlaydi?

10 sentyabr – Anjumani chog'ida vazirlik vakillari erishilgan natijalar va pandemiya sharoitida MTTlardagi ish jarayonlari qaynday tashkillashtirilishiga oid ma'lumotlarni taqdim etdilar.

“Maktabgacha ta'lim vazirligi an'anaviy tarzda yilda ikki marotaba qilingan ishlar haqida hisobot beradi. O'tgan uch yil mobaynidamaktabgacha ta'lim bilan 1,5 mln nafar bolalarni qamrab olishga erishdik, bu 2017 yildagi ko'rsatkichdan ikki barobar ko'proqdir. Joriy yilning oxiriga qadar qamrovni 59,5% ga yetkazish rejalashtirilgan. MTTlar soni ham tobora ortib bormoqda. Agar 2017 yilda MTTlarning umumiy soni 5 mingta bo'lgan bo'lsa, hozirga kelib ularning soni 14 mingtadan ortdi”, – deb ta'kidladi, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.

Butun O'zbekiston bo'ylab yangi MTTlarni qurish va eskilarni ta'mirlash jarayonlari davom etmoqda. 2020 yilgi dasturlarga muvofiq 18ta ob'ekt qurib bitkazilishi, 129ta bo'sh inshootlar foydalanishga topshirilishi va 261ta davlat MTTlari ta'mirlanishi lozim. Bu esa qo'shimcha yangi 32,7 ming o'rinlarni yaratadi.

Maktabgacha ta'limda xususiy sektorni ham rag'batlantirish davom ettirilmoqda. Shu tariqa, 2018-2019 yillarda MTV umumiy qiymati 3,89 trln. so'mga teng Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) haqidagi shartnomalarni imzoladi (ulardan 1,1 trln. so'm tadbirkorlar hisobidan ajratilgan bo'lsa, 2,8 trln. so'm imtiyozli kreditlar hisobiga to'g'ri keldi). Foydalanishga topshirilishi kutilayotgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari quvvati 147,9 ming o'ringa teng. 2020 yilda yana 2 mingta oilaviy va 420ta DXSH doirasidagi MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.

Pandemiya paytida nimalar amalga oshirildi
Pandemiya davomida ikkita asosiy masalaga e'tibor qaratildi:

Xodimlar va bolalar sog'lig'ini saqlab qolish
“Ilk qadam” (3-5 yoshdagi bolalar uchun) va “Aqlvoy” (6 yoshdagi bolalar uchun) dasturlari bo'yicha ta'limning uzluksiz berib borilishini taminlash
COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yilning 16-mart kuni Maktabgacha ta'lim vazirligi 14 mingta MTTlar, xususan, 6 mingta davlat, 6,7 mingta oilaviy, 753ta xususiy va 692ta DXSH asosidagi MTTlar faolitini to'xtatdi. Xodimlar to'lanadigan mehnat ta'tiliga yuborildilar yoki masofaviy ishlash tartibiga o'tkazildilar.

2020 yilning 23 martidan MTTlarda dezinfeksiya tadbirlari boshlandi. Shu vaqtning o'zida vazirlik maktabgacha ta'lim tizimiga tegishli 97ta pedagogik kollejlardagi uquv jarayonlarini to'xtatdi, 27,5 ming nafar o'quvchi va talabalarni esa ta'tilga chiqardi.

Bolalar uy sharoitida ham tevarak atrofni o'rganishni to'xtatmasliklari uchun “Bolajon” telekanalida “Onlayn bolalar bog'chasi” dasturining bir necha soni tayyorlanib, efirga o'zatildi. Video-darslar har kuni 01 apreldan 15 iyunga qadar o'zbek va rus tillarida namoyish etildi. Efirga uzatilgan dasturlar esa qo'shimcha ravishda Telegram-kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi.

Shuningdek, ota-otalar va MTT mutaxassilari uchun tibbiyot xodimlari, pedagoglar, psixologlar va defektologlar ishtirokida “Salomatlik alifbosi” deb nomlangan maxsus teledastur tayyorlanib, namoyish etildi.

Sog'liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

MTV O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi davrida MTTlar ichki faoliyatini tartibga solish va tashkillashtirishga yo'naltirilgan Vaqtinchalik sanitariya-epidimiologiya talablarini ishlab chiqdilar.

YUNISEFning grant mablag'laridan maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar va imkoniyati cheklangan bolalar uchun o'quv video roliklari tayyorlanmoqda, tarbiyalanuvchilarning o'sishi va umumiy rivojlanish ko'rstakichlarini monitoring qilish tizimi ishlab chiqilmoqda, gigiyena va infeksiyalar tarqalishining oldini olishga oid bosma va metodik materiallar yaratilmoqda.

Bolalar orasida virusli va bakterial kasalliklar profilaktikasi, sog'lom hayot kechirish va shaxsiy gigiyena targ'ibotiga oid dasturlar xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilmoqda. O'quv qizikarli o'yinlar shaklida olib boriladi.
Jahon banki ko'magida 14 mingta infraqizil kontaktsiz termometrlar sotib olindi. Moslamalarning viloyatlarga yetkazib berilishi va tarqtilishi sentyabr oyining ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ochilganidan so'ng MTTlar qay tarzda ishlaydi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga toza suv zahirasi, tozalovchi va dezinfeksiya vositalari mavjudligi ta'minlagan holdagina ish boshlash ruxsati beriladi. MTTlar ochilishi uchun xalq deputatlari Kengashi vasanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati talab qilinadi.

«Bolalar va xodimlar salomatligi hamma vaqt Maktabgacha ta'lim vazirligining ustuvor maslagibo'lib kelgan. Biz MTTga borishni davom ettirishni bungajiddiy zarurat bo'lgan hollardagina tavsiya qilamiz. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramay bola uchun qadrdon uyidan xavfsizroq joy yo'q.

Tarbiyalanuvchi o'rni MTTda saqlab qolinadi. Qolaversa ota-onalar erkin qatnov tartibini ham tanlashlari mumkin.

7dan 14 sentyabrgacha MTV Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida bittadan MTT ochiladi. Ochilishlar faqatgina xalq deputatlari Kengashi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati bilan, hamda muayyan MTTga qatnovchi bolaning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi. 14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon butun Respublika bo'ylab bosqichma-bosqich o'tkaziladi. 

Birinchi o'rinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. Bu 5 yoshgacha bo'lgan bolaning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanadi. Masalan, u o'ziga qadar boshqa bolalar o'ynagan o'yinchoqni og'ziga olib borishi mumkin. O'rta guruhlarning (4-5 yoshdagi bolalar) ochilishi oktyabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga mo'ljallangan. Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologk vaziyat qarab o'zgarishi mumkin”, — dedi, maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.

MTM tarbiyalanuvchilari va xodimlari xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar ko'riladi:

Kirish joyida to'planishlarni oldini olish uchun tarbiyalanuvchilar tasdiqlangan jadval asosida kuzatib qo'yiladi va olib ketiladi. Ularni tarbiyachilar qabul qilib oladi, bola tarafidan bo'lgan vakillar MTT hududiga kiritilmaydi;

Ochiq havodagi mashg'ulotlar va sayrlar paytida bolalar, tarbiyachilar va ularning yordamchilarining bevosita munosabatiga yo'l qo'yilmaydi;

Binolarda kuniga 3 marotaba tozalovchi vositalar yordamida suvli va 1 marotaba dezinfeksiya vositalari orqali tozalash ishlari, bundan tashqari ko'p muomalaga kirishuvchi yuzalarning (eshik va deraza tutqichlari, romlar, stollar, elektr ulagichlar) 4 karra dezinfeksiyasi amalga oshiriladi;

Har kuni o'yinchoqlar, tarbiyaviy materiallar va jihozlarning sanitar tozalov ishlari, bundan tashqari usti berk supachalar va o'ynash maydonchalarining tozalash ishlari va dezinfeksiyasi o'tkaziladi;

Kontaktlarning oldini olish xodimlar ovqatni jadval bo'yicha faqat ovqat bloklaridan oladi.Idish-tovoqlarni yuvishda dezinfeksiyalovchi vositaning 1%lik eritmasidan foydalaniladi.

Xususiy MTTlar o'z rahbariyatlari qaroriga muvofiq ravishda ochiladi.

MTTga bolalarning xavfsiz qatnashi uchun nimalar amalga oshiriladi

Maktabgacha ta'lim vazirligi:

- MTT ning pandemiya holatida ochilishga tayyor ekanligi monitoring qilinadi;

- xodimlarnining sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi qoidalarga qo'shimcha o'qitilishini amalga oshiradi:

- televideniye vaInternetda efirga uzatilishi uchun tarbiyaviy kontent yaratishni davom ettiradi.

- suv ta'minoti tizimiga ulanmagan va artezian quduqlariga ega bo'lmagan davlat MTTga uzluksiz suv zaxirasini yetkazib berilishini ta'minlaydi;

- davlat MTTlarni dezinfeksiyalash va tozalash vositalari bilan ta'minlaydi;

- davlat MTMlarni qo'llar uchun zaruriy antiseptik vositalar bilan ta'minlaydi.

Tuman hokimiyatlari mahalliy byudjet hisobidan:

«Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi. Hozircha barcha sayi-harakatlarMTTgaqatnashni boshlagan tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Bugungi kunda guruh uchun tavsiya qilingan bolalarning maksimal soni 15 nafarni tashkil etmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalari mutaxasssislari pandemiya sharoitida ishlashni o'rganishlari, vazirlik esa ko'nikma orttirib ulardan xulosa chiqarishlari ko'zda tutilmoqda. Bundan tashqari, avvalroq alohida aytganimday, 3 yoshli bolalar hali ijtimoiy masofa va gigiyena ahamiyatini tushunshmaydilar, bu esa ular va atrofidagilar salomatligini xavf ostiga qo'yishi mumkin», — deya, izoh beradi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.
MTV boshqa vazirliklar va xizmatlar bilan hamjihatlikda MTTlarda xavfsiz sharoitlar yaratish ustida ishlarni davom ettiradi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42909 | Инструменты