Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi.
Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod va Sergeli tumanlarining ayrim qismlarida ToshIEM (М-0, М-5, М-8) tomonidan olib boriladigan rejaviy profilaktika ishlari munosabati bilan 28-apreldan 2-maygacha issiq suv uzatilishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha issiq bo‘ladi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yoʻldoshevning maʼlum qilishicha, jarima ballarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda.
Texnopark rezidenti bo‘lgan kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Shu yilning 14-16-may kunlari qadimiy Samarqand shahrida Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha Texnik hamkorlik dasturi milliy koordinatorlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.
12 dan ortiq litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga maʼlumot kiritildi.
Farg‘ona viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev "INNOPROM. Markaziy Osiyo" beshinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Tadbir doirasida Rossiya Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Zarafshon, Istiqlol va Buyuk Turon ko‘chalarining baʼzi qismlari 29-apreldan 3-maygacha transport harakati uchun yopiladi.
Yalpi majlisda ekologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqiladi. Unda issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish natijasida hosil bo‘ladigan uglerod birliklari muomalasi tartibini belgilash hamda issiqxona gazlari chiqarilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlashga eʼtibor qaratilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42903 | Инструменты