Huawei 1
Toshkentdagi Milliy kutubxona yaqinidagi ko‘chalarda transport harakati 5 kunga cheklanadi

Toshkent shahridagi Zarafshon, Istiqlol va Buyuk Turon ko‘chalarining baʼzi qismlari 29 apreldan 3 maygacha transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt matbuot xizmati xabar qildi.

Ko‘chalar «Toshkent gullari» festivali bo‘lib o‘tishi sabab yopiladi. Festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.

Transport harakati cheklanadigan ko‘chalar qismlari:

  • Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

Ko‘rsatilgan davr ichida muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42901 | Инструменты