Huawei 2
2020-yilda 8 310 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Dilshodbek Murodbekov, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari:

"2020 yilda 8.310 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi va 141 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning bu boradagi iltimosnomalari qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

2016 y. – 179 nafar;

2017 y. – 1.064 nafar;

2018 y. – 2.760 nafar;

2019 y.  – 6.318 nafar;

2020 y.  – 8.310 nafar kishi O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan.

1992 yildan 2016 yilga qadar respublikamizda jami 482 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqqa yo'llagan Murojaatnomasida fuqarosizlikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tub islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida quyidagilar taklif etildi:

2005 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston hududida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan va boshqa davlat fuqaroligini qabul qilmagan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni,

O'zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz 15 yil davomida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatda turib, O'zbekiston Respublikasida fuqaroligi bo'lmagan shaxsga yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi asosida yashab turgan va chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish.

Taklif etilgan o'zgarishlar natijasida 2005 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan taxminan 20 ming nafarga yaqin fuqaroligi bo'lmagan shaxslar istak bildirgan taqdirda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadilar.

Bundan tashqari o'rganish natijalariga ko'ra, har yili taxminan 1 yarim ming nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Respublika hududida doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinganliklariga 15 yil muddat to'lishini inobatga olsak, ushbu shaxslarni ham O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish imkoniyati yaratiladi".

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga