Huawei 1
2021 yilda talaba bo‘lganlarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi – Prezident

Prezident raisligidagi videoselektor yig'ilishida ayollar tadbirkorligi dasturlari doirasida 2021 yilda 200 mingdan ziyod loyihaga 2 trillion so‘m kredit va subsidiyalar ajratilib, 320 ming nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lgani, shuningdek, 190 ming nafar ayol kasb-hunarga o‘qitilgani ta'kidlandi.

Qayd etilishicha, 2 ming nafar qiz alohida grant asosida oliygohlarga qabul qilindi, yana 1 ming 800 nafariga kontraktlari to‘lab berildi. Natijada 2021 yilda oliygohlarga kirgan talabalarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etdi (2016 yilda bu ko‘rsatkich 38 foiz bo‘lgan).

"Bu borada hali ko‘p ishlar qilishimiz zarur" - davlat rahbari sohadagi muammoli masalalarga ham to'xtalib o'tdi.

Ta'kidlanishicha, “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qiz ro‘yxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz hisoblanadi.

2021 yilda ishsiz ayollar o‘rtasida jinoyatchilik 1,7 baravarga, 18-30 yoshdagi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 2 baravarga ko‘paygan.

2021 yilda 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada eri, qaynonasi, kelini tomonidan zo‘ravonlik bo‘layotgani haqida profilaktika inspektorlariga murojaat qilgan. Bu raqamlar 2020 yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.

"Afsuski, bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchiligimiz va nuroniylarimizning o‘rni va ta’siri ham sezilmayapti. Bir narsani aniq tushunishimiz kerak. Ham, oila, ham bola tarbiyasi bilan shug‘ullanish bilan birga, o‘qish, ish yoki tadbirkorlikni olib borish katta matonat talab qiladi", dedi Prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga