Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Salom, bog‘cha", maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq", "Mustaqillik darsi" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya hamda namunaviy ssenariy ishlab chiqildi.
Xususan, joriy yilning 4-5-sentabr kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "O‘zbekiston - mening Vatanim" mavzusida ochiq mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida 4-sentabr kuni soat 8-00 da "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkaziladi.
Quyidagi havolalar orqali ssenariy va tavsiyalarni yuklab olishingiz mumkin:
Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты