Huawei 1
2024-yil O‘zbekistonda eng issiq yoz bo‘ladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 2024-yilda O‘zbekistonda eng issiq yoz bo'lishi haqida xabarlar tarqaldi. 

Holat yuzasidan "O'zgidromet" xizmati izoh berdi.

Butunjahon meteorologlari prognozlariga ko‘ra, hozirda kuzatilayotgan El-Nino 2024-yilning apreligacha davom etadi. Ushbu hodisa 10 ta raqamli iqlim modellari hisob-kitoblarining o‘rtacha natijasidir. Keyinchalik, ilmiy asoslarga ko‘ra, O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli (Toshkentda havo harorati +40 darajagacha), quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflangan La-Nino jarayoni rivojlana boshlaydi. Quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

Issiq yoz bu O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa. Janub va cho‘l hududlarida +40...+45 darajagacha, qolgan hududlarda esa +40...+42 darajagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo yoz oyida odatda 5-7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2-3 marotaba kuzatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты