Huawei 1
2024-yilda 6 ming gektar yer maydoni auksionga chiqariladi

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va xususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.

2024-yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 gektar – Toshkent shahrida.

Shuningdek, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llar bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish uchun 400 ta obyekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.

Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod obyekt auksionga chiqariladi va ular:

- xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obyektlari;

- joylashtirish vositalari;

- turar joylar;

- savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil etishga mo‘ljallangan.

 845 aholi yashash punktida 2027 yilgacha shaharsozlik hujjatlarini (bosh rejasi) ishlab chiqish bo‘yicha reja tasdiqlanmoqda. Toshkent shahrining bosh rejasini 2024 yilning yakuniga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90804 | Инструменты