Huawei 1
2024 yildan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Ijtimoiy xizmat darchalari” tashkil etiladi

Joriy yil 28-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning "Aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida alohida “Ijtimoiy xizmat darchalari” tashkil etiladi.

“Ijtimoiy xizmat darchalari” orqali ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun arizalar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb etish, sanatoriylarga yo‘llanma berishning ochiqligini ta’minlash, nogironlikni belgilash tartibini takomillashtirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatini ko‘zlab sudga kiritilgan arizalar bojdan ozod qilinadi.

Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida alohida vaqtinchalik boshpanalar (shelterlar) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tomonidan yagona savolnoma asosida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi muammolarini aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50608 | Инструменты