Huawei 1
23-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyatida dronlardan foydalanish joriy etiladi

Bu tizim xodimlariga yengillik yaratish maqsadida amalga oshirilib, qurilma IIOga favqulodda vaziyat haqida tezkor ma’lumot olish va tezroq bartaraf etish imkonini berib, vaqtni va resurslarni tejaydi, xarajatlarni kamaytiradi.

Toshkent viloyatida bitta “metan zapravka” tomonidan 1 oyda 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX: Davlat chegarasi orqali Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda gul ekishga qariyb 8 mlrd so‘m ajratdi

Toshkent shahrida gul ko‘chatlarini xarid qilish va ekishga 7 mlrd 920 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Davlat rahbari qardosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

O'zbekiston Ispaniya bilan ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash sohasida hamkorlik qiladi

Tomonlar Samarqand viloyati va Qoraqalpog'istonda qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha kelishib oldi.

O'zbekistonda immunizatsiya haftaligi o‘tkazilmoqda

Har yili aprel oyining oxirgi haftaligida dunyo bo‘ylab, jumladan, JSST Yevropa mintaqasida “Immunizatsiya haftaligi” kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbirlar O'zbekistondagi davolash-profilaktika muassasalarida 21 aprelda boshlangan bo‘lib, 27 aprelgacha davom etadi.

Jizzaxda o'qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelgani uchun o'quvchilarga stul ko‘tartirib qo'ydi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘ladi

Qonun loyihasi bilan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa ishni ko‘rib chiqish tugatish belgilanmoqda.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi uch oyda 15,8 mlrd dollarga yetdi

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 927,9 mln AQSH dollariga yoki 6,2 % ga oshgan.

O‘zbekistonda ayol haydovchilar soni 1,5 ming nafarni tashkil etmoqda

Soliq mobil ilovasida bepul roʻyxatdan oʻtgan holda daromad soligʻidan imtiyozga ega boʻlib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda. Eʼtiborlisi shundaki ularni 1 500 nafarga yaqin ayol haydovchilar.

O'zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi

Birinchi bosqichda Davlat sanʼat muzeyi, “Oʻzbekiston” va “Shodlik” mehmonxonalari, “Kosmonavtlar” metro bekati, Aviatsiya ishlab chiqaruvchilar saroyi kabi 10 ta yangi obyekt roʻyxatga kiritildi, 10 ta obyektning maqomi o‘zgartirildi.

O‘zbekiston va Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha 2 ta hujjatni imzoladi

Ikki hukumat vakillari o'rtasida keng qamrovli sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Toshkent viloyatida "O‘zmetkombinat" ishchisi omborxonada o'zini osib qo'ydi

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sudlovdan foydalanish huquqlari taʼminlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilindi.

Farg‘onada aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak yashash xonadonidagi quduq ichidan topildi

Qidiruvdagi shaxs belgilangan tartib bo‘yicha davlat ijrochisiga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga