Huawei 1
25-aprel – Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni

JSSTning 2007-yil may oyda bo‘lib o‘tgan 60-sessiyasi qaroriga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 25 aprel — Butun Jahon bezgakka qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.   

Mazkur sana bezgak kasalligini  yuqtirish xavfi, bezgak bo‘yicha noxush hududlarga chiqishda shaxsiy himoya choralari haqida xabardor qilish, bezgakni davolash mumkinligi va aholiga profilaktika choralarini ko‘rish zarurligini tushuntirish maqsadida eʼlon qilingan.

Bezgak kasalligi bilan har yili yer yuzida 200-300 million nafardan ko‘proq inson kasallanadi.

Bunga ekologik tabiiy ofatlar, aholining kasallikka moyilligini yuqoriligi, ijtimoiy-maishiy sharoit hamda aholining migratsiyasini kuchayishi sabab bo‘ladi.

Ayniqsa, bunday salbiy holatlar tropik mamlakatlarda hamon yuqoriligicha qolmoqda.

Bezgak parazitlari bemor odam qonida bo‘lib, faqatgina qon tahlillari mikroskopda tekshirilgandagina aniqlanishi mumkin. Bezgak – o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik bo‘lib, har yili minglab insonlar ushbu kasallikka chalinadilar hamda tropik va subtropik davlatlarga borib kelgan shaxslarda kasallikni yuqtirib olish holatlari kuzatiladi. JSST maʼlumotiga ko‘ra, 2020 yilda dunyoning deyarli yarim aholisi bezgak xavfi ostida ekani maʼlum bo‘ldi – dunyo bo‘ylab 241 million aholi bezgak bilan kasallangan va ulardan 627 ming nafari vafot etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42516 | Инструменты