Huawei 1
Toshkentda o‘quvchini urgan xususiy maktab o‘qituvchisi jazolandi

Toshkent shahar Sergeli tumanidagi xususiy maktabda 7-sinf o‘quvchisini urgan o‘qituvchi 1,5 mln so‘m jarimaga tortildi.

Hujjatga ko‘ra, A.T. joriy yil 4 aprel kuni Sergeli tumani “Sofdil” MFY hududida joylashgan “New First School” MCHJga qarashli “Mudarris” xususiy maktab binosida 7-sinf o‘quvchisi A.A.ning turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgani sababli bolaning otasi Sh.M. IIOga murojaat qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizaning joriy yil 17 apreldagi xulosasida A.A.ning olgan tan jarohati yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Bugun, 23 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Unda ko‘rsatma bergan o‘qituvchi A.T. 4 aprel kuni maktabda tadbir bo‘lgani va unda A.A. baland ovozda gapirgani hamda o‘ziga nisbatan bepisandlik qilgani uchun uning boshidan va ko‘kragidan urganini aytib, suddan yengillik so‘ragan.

Sudda A.T. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu modda bilan BHMning 4 baravari, ya’ni 1,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42522 | Инструменты