Bugun, 25-aprel kuni soat 11:21 da Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Chingeldi” MFY, Milliy bog‘ ko‘chasida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning xududida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:28 da voqea joyiga yetib borgan va soat 11:31 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning xududida bo‘lgan 5 kv.m maydonda penoplast qoldiqlari yongan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22018 | Инструменты